O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

37-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro
majburiyatlari kiritilishi mumkin:
mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar,
qo‘shimcha to‘lovlar;
narxlarning o‘zgarib borishi, inflatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan
ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;


xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;
ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;
xodimlarning, shu jumladan ayollar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat
sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash;
korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga
rioya qilish;
ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;
(37-moddaning ikkinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-
sentabrdagi O‘RQ-8-sonli 
Qonuniga 
muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 280-modda)
jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy
sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko‘rsatish uchun
tegishli sharoit yaratib berish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa
shartlar, shu jumladan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va
qoidalarda ko‘rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar
(qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish,
transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda
ularning bolalarini maktabda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekin yoki qisman haq
to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi
mumkin.
(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Basharti amaldagi qonunlarda normativ tusdagi qoidalar jamoa shartnomasida albatta
mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa
shartnomasiga kiritiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish