O‘zbekiston respublikasining markaziy banki to‘G‘risida


-modda. Asoslantirilgan mulohazaning Markaziy bank tomonidan qo‘llanilishi



Download 202,07 Kb.
bet46/178
Sana24.07.2021
Hajmi202,07 Kb.
#126989
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   178
Bog'liq
1...Markaziy Bank tog'risida

63-modda. Asoslantirilgan mulohazaning Markaziy bank tomonidan qo‘llanilishi

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga qo‘shimcha ravishda Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan, ko‘rib chiqilayotgan masalaning haqiqiy yoki iqtisodiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash asoslantirilgan mulohazadir.

Asoslantirilgan mulohaza asosida qarorlar qabul qilish Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi vakolatiga kiradi.

Markaziy bank asoslantirilgan mulohazadan:

bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish (berishni rad etish) chog‘ida, shuningdek Markaziy bank tomonidan tartibga solish va nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish chog‘ida bankning bevosita hamda bilvosita muassislarining va aksiyalari egalarining, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning moliyaviy holatini hamda ishchanlik obro‘sini baholash;

kredit tashkilotiga nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaxslarni aniqlash;

kredit tashkilotiga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda kredit tashkiloti tomonidan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi faktlarini aniqlash;

kredit tashkilotida tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat tizimi sifatini samarali ichki siyosatlarning mavjudligi hamda amalga oshirilishi nuqtai nazaridan baholash;

aktivlarni va majburiyatlarni baholash, shu jumladan ularning kredit tashkilotida tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash uchun foydalanishga haqli.

Asoslantirilgan mulohaza Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari va banklar guruhlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim bo‘lgan boshqa axborotga asoslanadi.

Asoslantirilgan mulohazani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi hamda qonuniylik, asoslantirilganlik, xolislik va bir xil yondashish prinsiplariga asoslanadi.


Download 202,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish