72-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish
Banklar moliyaviy hisobotlarni, banklar guruhining asosiy banki konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini auditorlik tashkiloti tasdiqlaganidan keyin Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda e’lon qiladi.
Banklar o‘z mablag‘lariga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, likvidlikka, tavakkalchiliklarning qiymatiga va boshqa muhim ko‘rsatkichlarga (normativlarga) doir axborotni oshkor etishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat № 1419, 25.10.2004-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |