O‘zbekiston respublikasining markaziy banki to‘G‘risida


elektron to‘lov vositalari



Download 202,07 Kb.
bet72/178
Sana24.07.2021
Hajmi202,07 Kb.
#126989
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   178
Bog'liq
1...Markaziy Bank tog'risida

elektron to‘lov vositalari — axborotni o‘z ichiga olgan va to‘lovchiga to‘lovni amalga oshirish, shuningdek to‘lovchi bilan elektron to‘lov vositalarining emitenti o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism.

2. Banklar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi:

mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi memorial order;

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomasi;

mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov talabnomasi;

mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inkasso topshiriqnomasi;

mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi akkreditivga ariza.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin, bunda ushbu hisob-kitoblar qonun hujjatlari va tegishli to‘lov tizimi qoidalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

3. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanishi mumkin, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

4. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan operatsiya kunida mazkur Nizomda belgilangan tartibda bajariladi, bundan mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.

To‘lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin kelib tushsa, u mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan keyingi operatsiya kuni boshlanganda olingan deb hisoblanadi hamda keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Xalqaro to‘lovlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda, to‘lov hujjatlari olingan paytdan e’tiboran ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi.

5. Banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, soliq hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiq hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.

6. Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlar bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘lanishi kerak, to‘lovlarning uchinchi shaxslar (xo‘jalik yurituvchi subyektlar) hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.

7. Mablag‘lar mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgandan so‘ng, mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, bundan elektron to‘lov vositalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish mustasno.

8. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasi mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) muvofiq amalga oshiriladi.

9. Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga doir majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan penyani hisoblash va undirish bo‘yicha banklar javobgar bo‘lmaydi.

10. Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasida tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud orqali hal etiladi.

11. Banklar o‘rtasida milliy valyutadagi o‘zaro hisob-kitoblar banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi.

12. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) muvofiq amalga oshiriladi.




Download 202,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish