Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-fevral,
3/12-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/12-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, bundan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |