33-modda. Tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qo‘llab-quvvatlash
Likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelganda to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank likvidlilikni saqlab turish uchun tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatga qisqa muddatli kreditlar tarzida tezkor yordam berishga haqli. Mazkur kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning boshqa kreditlariga doir amaldagi stavkalardan kam bo‘lmasligi va u bankning aktivlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tug‘ilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasi bilan uzoqroq muddatga berishga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |