Ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, shuningdek,
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi sifatida kadrlar tayyorlash tizimini moliya va
moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi sanaladi.
Davlat va jamiyat Respublikamizdagi barcha fuqarolarning uzluksiz ta’lim
tizimi bo‘yicha tahsil olishi, kadrlar tayyorlash tizimida tashkil etiladigan ta’lim-
tarbiya jarayonining zamon talablariga mos ravishda tashkil etilishi, hayot
o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda dasturda belgilangan bosqichlar va kadrlar tayyorlash tizimini
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan davrda amalga oshirilgan
ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim
tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir
qatorda ilmiy- nazariy asosi bo‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 20 yildan oshdi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon salmoqli ishlar
amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o‘rtasida ta’lim mazmunining
uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo‘yicha
uzviylashtirilgan va modernizatsiya- langan DTS va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi
va amaliyotga joriy etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki turi bo‘lgan maktabgacha ta’limda
barkamol shaxsni voyaga yetkazishga zamin tayyorlaydigan dastlab “Uchinchi
ming yillik bolasi”, keyinchalik esa “Bolajon” dasturi orqali yosh avlodning
sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta’minlanmoqda, ularda Vatanga
muhabbat, tahsil olishga intilish hissini uyg‘otish orqali olamni tanish,
dunyoqarashini shakllantirish borasida izchil va muntazam ta’limtarbiya jarayonini
tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasini amalga
oshirishda davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, oilalar,
mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlarning o‘rni beqiyos.
Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga og‘ishmay tatbiq etishda
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qituvchi-pedagoglar tarkibini
tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, o‘quv
muassasalarining o‘quv-metodik bazasini butunlay qayta ko‘rib chiqish asosida
zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarni yaratish, tasdiqlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi
kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o‘ylangan, samarali model ekanligini
tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uning O‘zbekistonda ijtimoiy
taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni va roli bilan belgilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |