O`tish davri bosqichlarining chizmasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
k
Latent bosqichi
eksayish, eski jamiyat samaradorligini pasayishi
yangi –ya’ni kurtaklarni tug’ilishi
t
Yemirilish tushkunligi, tartibsizligi bosqichi
ushkunliklar, urushlar, inqiloblar, o’layotgan sivilizatsiyani asoslarini buzilishi
yangi sivilizatsiya unsurlarini paydo bo’lishi va tanlashi
Kuchlar tengligini vaziyati bosqichi
yangi va eski jamiyat kuchlarning tengligi, depressiya
yangi sivilizatsiya asoslarini shakllanishi, liderlarni aniqlash
Tugallovchi bosqich
o’layotgan sivilizatsiya unsurlarini buzilishi va siqib chiqarilishi
epitsentrda shakllanish va yangi jamiyatni tarqalishi
4-tasvir
O`tish davrining yakunlari qanday?
Birinchidan, tarixiy spiralning yangi o`ramiga o`tish yakunlanadi, yangi jahon sivilizatsiyasi shakllanadi. Jamiyat o`zining siklik dinamikasida, taraqqiyotning o`zgargan sharoitlarida ko`p miqdorga javob beradigan yangi qiyofani oladi. Me’rosiy genotipni eskirgan unsurlardan “tozalash”, uni o`tish davrida qat`iy tanlov va har tomonlama sinovdan o`tgan yangilari bilan boyitish amalga oshiriladi. Yangilanish sivilizatsiya piramidasining barcha qavatlarini qamrab oladi.
Ikkinchidan, qayta ishlab-chiqarishning samaradorligini, yangilangan ishlab-chiqarish bazasida, yangi texnologik asosda aholini ko`pchiligini turmush darajasini ko`tarish uchun shart-sharoitlar qayta yaratiladi, jamiyat yana to`la kuchga ega va kejajakga intiladi.
Uchinchidan, texnologik taraqqiyotda va iqtisodiyotda liderlar almashdi, yangi ustuvor sohalar paydo bo`ldi va o`rnashdi. Siyosiy sahnada tarixiy progressning episentri – ko`chib o`rnashdi, eski lokal sivilizatsiyalar va lider mamlakatlar chetga surildilar yoki o`tmish merosi yuki ostida qolmaganlar tezlik bilan dunyodagi o`zgarishlarga moslashdilar.
To`rtinchidan, ma`naviy dunyoning taraqqiyotida yangi bosqich boshlanadi, insonning erkinlik darajasi va manfaatdorligi oshadi.
Beshinchidan, yangidan mamlakat va dunyoda integratsiya va markazga intilish an`analari kuchayadi, o’ziga tortuvchi yangi markazlar shakllanadi, iqtisodiy, texnologik, siyosiy, madaniy aloqalar ko`payadi.
O`tish davrining tugallanishi yangi sivilizatsiyani o`rnatilishi va tarqalishi uchun kenglik ochadi, uning to`lqinlari dunyo mamlakatlarini qamrab olib eski sivilizatsiyaning chetda saqlanib qolgan qoldiqlarini ham o`z ta`siriga bo`ysundiradi. Sivilizatsiyalar almashuvi mexanizmlari va mazmunini ochib beradigan umumiy abstrakt chizma ana shundaydir.
Tayanch iboralar: sikl, trayektoriya, faza, Xett, Misr, qo`shimcha emissiya, investitsiyalar, g`oyalar, texnologik tizimlar, uklad, konsepsiyalar, potensial yadro, depressiya fazasi, ijtimoiy-siyosiy,sivilizatsiyalar almashuvi, elita, militarizm, texnologik baza, texnologik tushkunlik, intelektual sektorlar, progress omil, federatsiyalar,imperiya,mafkura, latent bosqichi, genotip.
Do'stlaringiz bilan baham: |