O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


MA’NAVIY SOHADAGI O’ZGARISHLAR



Download 1,75 Mb.
bet69/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

MA’NAVIY SOHADAGI O’ZGARISHLAR

Bilimlarni to’planishi, madaniyatning yutuqlari, diniy e’tiqodlar qiyosfasini o’zgartira borib, avloddan avlodga o’tadi. Antik davrdan (m.a. V asr) so’ng ma’naviy dunyo o’zgardi, fan, madaniyat, ta’limda inqiloblar yuz berdi. Inson tafakkurida qudratli , ba’zida, hatto xavfli yutuqlar yuz berdi.


Bu jamiyatni boshlanishiga feodalizm genezisi davrida asos solindi. U ko’p hollarda kelajakni belgilab berdi. O’rta asrlarda sivilizatsiyaning bolalik davrida V-X asrlarda dunyoni hissiy qabul qilishni o’ziga xosliklari va tafakkurning qurilishi tug’ilib, kelajakda o’rta asr mentalitetini tuzilmasini his qilishi mazmunini shakllantirdi va to’ldirdi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyoti antik sivilizatsiyaning ilmiy tafakkurini yutuqlari bilimning keying evolyutsiyasi asosida yotdi. O’tish davrida intellektual faollikni pasayishi, o’rta asr aqidaparastligini hukmronligi XV asr o’rtalari XVII asr so’ngida buyuk ilmiy inqilob uchun shart-sharoit yaratildi. Fan evolyutsiyasi uch mustaqil, lekin o’zaro bog’langan oqimlar bilan amalga oshdi. Qaysiki u zamonaviy, ilmiy dunyoqarashning to’qimasini shakllantirdi. Keyingi ilmiy to’ntarishlar uning alohida belgilarini qayta shakllantirdi, xolos.
Birinchi oqim – bu Sharqda ilmiy tafakkurning yuksalishi edi. Sharq olimlari qadimgi Sharq va Yunon fani yutuqlarini o’zlashtirdilar va rivojlantirdilar (Aflotun va Arastu).
VII-XII asrlarda Turkiston o’lkasida fan-madaniyat gullab yashnadi. Bu davrning eng mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850 yillarda yahsab ijod qilgan). Al-Xorazmiy haqiqiy ensiklopedist olim bo’lib matematika, astronomiya, geografiya fanlari bo’yicha asarlar yaratdi. Olim algebra fanining asoschisi edi. U xalifa Ma’mun zamonida (813-833) “Bayt ul-hikma”da mudir sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bag’dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movarounnahr olimlari bilan ijod qiladi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasining uzunligi, radiusini hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg’ul bo’ldi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografik olimi sifatida fanga ulkan hissa qo’shdi.
Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar “Al-jabr va al-muqobala” hisobi haqida qisqacha kitob, “Hind hisobi haqida”, ya’ni arifmetik asar, “Kitob sur’at ul-arz”, “Yer surati” haqida geografiyaga oid kitob, “Zij” va “Usturlab bilan ishlash haqidagi kitob” kabi astronomiyaga oid asarlar, shuningdek, “Kitob at-tarix”, “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarni aniqlash haqida risola” nomlari bilan atalgan. Xorazmiy merosida ayniqsa “Al-jabr va al-muqobala” kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo’lib, algebra faniga asos soldi. Hatto “al-gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida “algoritm” atamasi shaklida o’z ifodasini topdi. Uning “Aljabr” asari asrlar davomida avlodlar qo’lida yer o’lchash, ariq chiqarish, bino qurish, me’rosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o’lchov ishlarida dasturulamal bo’lib xizmat qildi.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamalariga asoslangan o’nlik pozitsion hisoblash sistemasinig Yevropada qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Al-jabrni mustaqil fan darajasiga ko’tardi.1
Bu darda o’lkamizda yashagan yana bir mashhur olim Muhammad al-Farg’oniy edi. U Bagdoddagi “Bayt ul-hikma”da faoliyat ko’rsatgan bizning vatandosh olimlardan biridir. Buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg’oniy (797-865 yillarda yahsab ijod etgan). U Farg’onada tavallud topgani uchun Sharqda al-Farg’oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U avval Marv, so’ngra, Bog’dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug’ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash, yangicha “zij” ya’ni, astronomik jadval yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832-833 yillarda Suriyaning shimolida Sanjar dashtida va ar-Raqqa oralig’ida yer meridianining bir darajasini uzunligini o’lchashda qatnashdi. 861 yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravza orolida Nil daryosi ichida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi (sathini o’lchagich) ”Miqyos al-Nil”inshoati va uning darajasi qayta tiklandi. Ahmad Farg’oniy tarixda birinchilardan bo’lib, yerning dumaloqligini isbotlab bergan olimdir.
Bizgacha A.Farg’oniyning 8 asari saqlanib qolgan. Ular orasida uning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon sharqidagi, balki Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so’ng Ahmad Farg’oniy nomi lotinlashtirilib, “Alfraganus” shaklida Ga’rbda shuhrat topdi. Uning “Astonomiya asoslari” nomli kitobi bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanildi.2
Bu davrning ulug’ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillarda yashab ijod qilgan).
Ibn Sino 17 yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bo’lib yetishadi. Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo’yicha 300dan ortiq asarlar yozdi. Nazm va nasrda qalam yuritdi. Uning tibbiyotga doir asarlarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o’simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parxez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning ko’pgina g’oyat muhim masalalariga e’tibor berilgan. Uning “Al-qonun fit-tib” asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan. O’rta asrning buyuk allomasi Sharqda “Shayx ur-rais” G’arbda esa “Avitsena” nomlari bilan shuhrat topdi. Olimning ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar kengki, uning qalamiga tibbiyotga oid 40dan ziyod, astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga oid 30 ga yaqin, falsafa, mantiq va ilohiyotga bag’ishlangan 185 ta asarlari mavjud.
Ibn Sinoning 5 jilddan iborat “Al-qonun” (Tib qonunlari) kitobi jahon tibbiyotining noyob xazinasi hisoblanadi. Shu bilan birga u nafaqat qomusiy olim, ayni chog’da iste’dodli adib hamdir. “Qush risolasi”, “Salomon va Absol”, “Yusuf qissasi” singari asarlari buning yaqqol isbotidir.
Bu davrni yana bir mashhur olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yy). U astronomiya, fizika, matematika, geologiya, geodeziya, geografiya, mineralogiya, tarix singari fanlar yo’nalishida ulkan kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan biri hisoblanadi.
Uning shoh asarlari jumlasiga “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xorazmning mashhur kishilari”, “Hindiston”, “Ma’sud qonuni”, “Mineralogiya”, “Saydana”, “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” singari tarixiy kitoblarni kiritish mumkin. Beruniy asarlari ko’p asrlardan buyon Sharq-u G’arbda keng tarqalib, ulardan foydalanilmoqda. U o’zining falakiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyb 5 asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi. Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning geografik xaritasini va globusni yaratdi.
Jahon fani ravnaqiga katta hissa qo’shgan Uyg’onish davri daholari qatoridan yurtdoshimiz Abu Nasr Forobiy (873-950 yy) alohida o’rin egallaydi. O’zining qomusiy bilimlari, ayniqsa falsafa sohasidagi ulkan xizmatlari bilan u “Al-muallim as-soniy” (Ikkinchi muallim) Arastudan keyin “Sharq Arastusi” nomi bilan mashhurdir.
U tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ortiq asar yaratgan. Ayniqsa falsafa ilmini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan. Forobiyning Arastu asarlarini, xususan, “Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” singari shoh asarlarini chuqur ilmiy sharhlash, mazmun mundarijasini teran yoritib berishdagi xizmatlari benazirdir.
Forobiyning “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, “Falsafaga izohlar”, “Fozil odamlar shahri” singari asarlari alloma qiziqish doirasi va ma’naviy olamining nechog’lik kengligi, teranligidan darak beradi. Turkistondagi fan yutuqlari yangi davrda Yevropada ilmiy bilimlarni rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish