Qayta ishlab chiqaruvchi sektorlar
|
Qayta ishlab chiqarish tuzilmasi
|
Shaxsiy iste’mol
|
85
|
69
|
50
|
40
|
Davlat iste’moli
|
-
|
-
|
8
|
12
|
Oraliq mahsulot
|
5
|
8
|
15
|
17
|
Birlamchi mahsulot
|
10
|
20
|
18
|
15
|
Intellektual mahsulot
|
-
|
3
|
6
|
10
|
Bozor infratuzilmasi
|
-
|
-
|
3
|
6
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Sohalararo komplekslar
|
Sohaviy tuzilma
|
Ov, baliqchilik, termachilik
|
65
|
26
|
12
|
7
|
Agrosanoat
|
5
|
35
|
30
|
25
|
Shaxsiy iste’mol buyumlari
va xizmatlari
|
5
|
8
|
12
|
15
|
Mehnat qurollari va qurol
|
10
|
12
|
15
|
16
|
Yoqilg’i
|
5
|
6
|
7
|
8
|
Xomashyo va materiallar
|
5
|
6
|
8
|
9
|
Qurilish
|
5
|
7
|
13
|
15
|
Transport
|
-
|
-
|
3
|
5
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Qayta ishlab chiqarish
darajalari
|
Pog’onaviy tuzilma
|
Jamoa xo’jaligi
|
70
|
25
|
20
|
15
|
Oila xo’jaligi
|
23
|
63
|
50
|
43
|
Yakka xo’jalik
|
5
|
8
|
14
|
22
|
Hududiy qayta ishlab
Chiqarish
|
2
|
4
|
6
|
8
|
Milliy ishlab chiqarish
|
-
|
-
|
10
|
12
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Ishlab chiqarishning
texnologik usullari
|
Texnologik tuzilma
|
Paleolit
|
85
|
30
|
12
|
6
|
Neolit
|
15
|
65
|
23
|
12
|
Jez asri
|
-
|
5
|
60
|
24
|
Temir asri
|
-
|
-
|
5
|
56
|
O’rta asrlar
|
-
|
-
|
-
|
2
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Mulkchilik shakllari
|
Iqtisodiy tuzilma
|
Jamoa
|
75
|
35
|
20
|
15
|
Oila
|
25
|
55
|
40
|
35
|
Mayda xususiy
|
-
|
10
|
47
|
25
|
Yirik xususiy
|
-
|
-
|
8
|
15
|
Davlat
|
-
|
-
|
15
|
10
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Qiymat unsurlari
|
Qiymat tuzilmasi
|
Ashyoviy xarajatlar
|
8
|
16
|
20
|
25
|
Amortizatsiya
|
2
|
4
|
7
|
10
|
Yakka iste’mol
|
44
|
50
|
42
|
37
|
Jamoa iste’moli
|
45
|
23
|
15
|
10
|
Jamg’arma
|
1
|
4
|
7
|
8
|
Noishlab chiqarish iste’moli
|
-
|
3
|
9
|
10
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Iqtisodiyotning qayta ishlab-chiqarish tuzilmasi. Mezolit davrida qayta ishlab-chiqarishning ibtidoiy uch sohali tuzilmasi mavjud edi. Oziq-ovqat yetishtirish yetakchi o’rin tutib, ishlab-chiqarish vositalarini ishlab-chiqarish uncha katta hajmda emas edi (toshdan mehnat qurollari, o’q-yoy, nayza va hokazo tayyorlash). Temir asrida esa qayta ishlab-chiqarish tuzilmasi to’laroq xususiyatga ega bo’ldi. Davlat ehtiyojlari uchun (davlat apparatini, qo’shinni ehtiyojlari uchun) bir qism mahsulot ishlab-chiqarish; intellektual mahsulot (kohinlar tomonidan yulduzlarni kuzatilishishi, mirzolar, haykaltaroshlar, me’morlarning ijodi); bozor xizmatlari (savdogarlar, so’dxo’rlar faoliyati) paydo bo’ldi.
Ibtidoiy jamoa xo’jaligi ishlab-chiqaruvchi ehtiyojini qondirishga xizmat qilar edi. Bu soha ancha qisqardi, lekin yirik hajmda qolaverdi.
Antik jamiyat davrida qayta ishlab-chiqarish mahsulotining chorak qismini moddiy ishlab-chiqarish tashkil qildi. Bu mehnat unumdorligini, qo’shimcha qiymatni moddiy ishlab chiqarishda hukmron tabaqa va qaram mehnat kishilarini ta’minlashga hamda saroylar, ibodatxonalar qurlishiga yetarli miqdorda yaratilishi edi.
1.Iqtisodiyotning sohaviy tuzilmasini dinamikasi. Mezolit davrida mehnat va mahsulotning uchdan ikki qismi ov, baliqchilik va terimchilikka to’g’ri kelar edi. Neolit davrida ov, baliqchilik, terimchilikning ulushi keskin kamaydi. Birinchi o’ringa dehqonchilik va chorvachilik chiqdi. Mehnat qurollari, kulolchilik buyumlari, ishlab-chiqarish, uy-joy qurilishing ulushi o’sdi.
2.Iqtisodiyotning pog’anaviy tuzilmasi jamiyat tuzilmasidagi o’zgarishlar bilan birga o’zgardi. Mezolit davrida mahsulotni ko’p qismi jamoa xo’jaligida ishlab chiqarildi va teng taqsimotga asoslanildi. Oilani paydo bo’lishi, yaratadigan va o’zlashtiriladigan mahsulotni ulushi o’sdi. Umum jamoa birgalikda bajaradigan umumiy ishlar ozroq ulushni tashkil etdi.
Neolit davrida iqtisodiyotning pog’onaviy tuzilishi uch darajali bo’lib qolaverdi, lekin ikki asosiy daraja o’rtasidagi nisbat aksincha bo’ldi. Natural oila xo’jaligi mahsulotning uchdan ikki qismini oz iste’moli uchun, qolgan bir qismini esa jamoa xo’jaligi ishlab chiqardi.
Jez va temir asrlarida tovar xo’jaligining rivojlanishi, ayirboshlashning oshishi bilan mayda tovar xo’jaligi va yirik quldorlik xo’jaligi tez kengaydi. Natijada xususiy qayta ishlab-chiqarish yalpi mahsulotning beshdan bir qismini tashkil qildi. Davlat apparati harbiy, boshqaruv, sug’orish inshootlarini sarf-xarajatlarii uchun davlat xo’jaligi paydo bo’ldi. Mamlakat hududlarida, shaharlar mudofaa inshootlari, madaniyat bo’yicha teatrlar, stadionlarning qurilishi hajmi kengaydi.
Aholi ehtiyojlarini qondirishda yetakchi o’rinni oila natural xo’jaligi egalladi. Jamoa xo’jaligi o’z nufuzini saqlab qoldi.
4. Qadimgi jamiyatlarda iqtisodiyotning texnologik tuzilmasi tub o’zgarishlarga olib keldi. Mezolitda jamoani birdamlikdagi mehnati, tosh, suyak, yog’och qurollarni ishlab-chiqarish, qayta ishlab-chiqarishning o’zlashtiruvchi tipidagi paleolit usuli ustivor edi. Lekin dehqonchilik va chorvachilik uchun mehnat qurollarini to’plamidan foydalanadigan qayta ishlab-chiqarishga yo’naltirilgan neolitga xos bo’lgan ishlab-chiqarish usuli tug’ildi.
Aynan shu xo’jalik usuli keyingi sivilizatsiya iqtisodiyoti tuzilishida yetakchi o’rinni egalladi. Ibtidoiy texnologiyalarning kuchli mavqei saqlanib qoldi, metalldan foydalanishga asoslangan yangi texnologiyalar ham paydo bo’ldi. Ular jez va temir asrlarida yetakchi o’rinni egalladilar va hukmron o’ringa chiqdilar. Lekin shu bilan birga o’tmishdagi sivilizatsiyalarga xos bo’lgan ishlab-chiqarishning qoldiq (relikt) usullari saqlanib qoldi. Antik sivilizatsiyaning gullab-yashnashi davrida o’rta asrlar jamiyatiga xos bo’lgan texnologiyalar va mehnatni tashkil qilish metodlarini shakllanishi boshlandi. Oqibatda jamiyatni texnologik bazasi taraqqiyotning keyingi har bir bosqichlarida ko’p qavatli pirogni eslatdi. O’tmishda bo’lgan majmualar qoldiqlariga tayanadigan texnologiyalar majmuasiga asoslangan asosiy qatlamlardir. Bu o’z navbatida bo’lgusi texnologiyalar va mehnatni tashkil qilish shakllari uchun asos bo’lib xizmat qildi.
5. Qayta ishlab-chiqarishning iqtisodiy tuzilmasi turli iqtisodiy ukladlar nisbatini aks ettiradi. Bu iqtisodiy ukladlar mulkchilik munosabatlarining taqsimot va ayirboshlashni ma’lum bir ko’rinishga asoslangan va noiqtisodiy yoki iqtisodiy jihatdan rag’batlantirilgan tegishli iqtisodiy boshqaruviga asoslangan.
Bu iqtisodiy ukladlar mulkchilik munosabatlarining ma’lum bir ko’rinishga, taqsimot va ayirboshlashning noiqtisodiy yoki iqtisodiy rag’batlantirishning turli shakllarida qurilgan, taxlil qilinayotgan iqtisodiy boshqaruvning tegishli mexanizmini aks ettiradi.
Mezolit davrida ibtidoiy, ijtimoiy, iqtisodiy ukladga xos bo’lgan ishlab-chiqarish vositalarini jamoa bo’lib o’zlashtirish va bir tekis taqsimotga asoslangan edi. Lekin oila mulkchiligi patriarxal oila ichida bir tekis taqsimot va natural ayirboshlashga asoslangan uklad shakllana boshladi. Aynan bu uklad neolit davrida yetakchi o’rinni egalladi va keyingi ikki sivilizatsiyalarda ishchi kuchini qayta ishlab - chiqarishni ta’minladi. Shu bilan bir vaqtning o’zida keyingi sivilizatsiyalarda sezilarli rol o’ynagan kichik va yirik xususiy mulkka asoslangan ikki uklad shakllana boshladi. Shu bilan bir vaqtning o’zida davlat mulkchiligiga asoslangan uklad paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |