Birinchidan, tirikchilikning sun’iy vositalarini qayta ishlab chiqarishga o’tish, tabiatdan tabiiy xom ashyo va energiyani birlamchi ko’rinishda o’zlashtirish asosida insonning maqsadli faoliyati natijasida “ikkinchi tabiatni” yaratilishi, insonning o’zidagi sifat sakrashi asosidagina amalga oshirilishi mumkin edi. Inson o’zini ona-tabiat bilan bog’lab turgan kindigini batamom uzdi. Odam buni yakka o’zi emas, qadimgi jamiiyatni tarkibiiy unsurlarini, urug’ jamoalari va jamoalarning o’zaro faoliyati bilan amalga oshirdi. Bu bilan jamiyat piramidasidagi birinchi qavati shakllanadi. Insonning ehtiyojlar doirasi, qobiliyatlar, bilimlar, ko’nikmalar, qiziqishlar jamiyatning bir qismi sifatida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan, bu davrda jamiyatning tabiiy (jins, yosh) asosiga emas balki, ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan texnologik bazasi shakllandi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarish (ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish) bo’linmalarini mavjudligi, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va qurilishni ajralib chiqishi to’g’risida gapirish mumkin. Mehnatni ijtimoiy taqsimoti ishchining mahoratini oshirish uchun asos bo’lgani, mehnat qurollarini ixtisoslashuvi, uning mehnat unumdorligini yuqoriligi uchun asos bo’ldi.
Uchunchidan, ishlab chiqarishning iqtisodiy usulini aks ettiradigan qavat “xona”lari to’la boshladi, yer va podaga jamoa mulkchiligi, ko’pgina mehnat qurollariga shaxsiy mulkchilik haqiqatga aylandi, ayirboshlash (dastlab natural), bu ayirboshlash amalga oshiriladi lokal bozorlar paydo bo’ldi.
To’rtinchidan, iqtisodiy belgilar bo’yicha ijtimoiy tabaqalanish rivojlandi, asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadigan jamoa va oila shakllandi; charm va kulolchilik mahsulotlari va mehnat qurollari tayyorlaydigan mohir ustalar, quruvchilar ajralib chiqdi. Lekin davlat va huquq hali ajralib chiqmadi.
Bechinchidan, inson va jamiyatning ma’naviy dunyosi bo’lgan piramidaning qavati amaldagi mazmun bilan boyidi. To’plangan bilimlar va ko’nikmalarni avloddan-avlodga uzatmasdan turib yillik yoki ko’p yillik sikllar bilan bog’langan dehqonchilik va chorvachilikdagi qayta ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Bu davrda ma’lum darajada san’at, murakkab ichki oilaviy, jamoa ichidagi va jamoalar o’rtasidagi munosabatlar rivojlandi.
Boshlanish nuqtasini aniqlab, jamiyat tarixini asosiy davrlarini, tarixiy progress spiral o’ramlarini, jahon sivilizatsiyalari almashuvining umumiy qiyofada tasavvur qilamiz. (1 jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |