O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Kapitalizm davrining manufaktura davri



Download 1,75 Mb.
bet47/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Kapitalizm davrining manufaktura davri. So`ngi o`rta asrlar bir yarim asr atrofida (XVII asr o’rtalaridan XVIII asr so’ngi o’n yilligigacha) qit’ani boshqa hududlarida feodal qoldiqlari saqlanib qolgan holda Gollandiya va Angliyaga burjuaziya tizimini o`rnatilish davri, burjua mamlakatlarining birinchi qarama-qarshi turishi va o`zaro hamkorli davri. Angliya burjua inqilobi Yevropada feodalizmni kapitalizm bilan almashuv davrini boshlab berdi. Ilg`or mamlakatlarda kapitalistik manufaktura sex hunarmandchiligi ustidan g`alaba qildi va mashina ishlab-chiqarishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Kapitalizm va feodalizm o’rtasidagi musobaqa nafaqat Yevropani, balki, Shimoliy Amerika, Osiyo, Afrikaning bepoyon hududlarini qamrab oldi.
Buyuk fransuz inqilobidan Parij Kommunasigacha (XIX asrning 80 yillar arafasida) Yevropada kapitalistik iqtisodiyotning qaror topishi, manufaktura ishlab – chiqarilishidan sanoat kapitalizmiga o’tish, proletariat kurashining kuchayishi, burjua millatlarining shakllanishi yuz berdi.
Keyingi davr – 1870 – yildagi Parij Kommunasidan 1917 yil oktyabr inqilobigacha (yarim asrga yaqin) - erkin kapitalizmdan imperializmga o’sib o’tish va kapitalizmning umumiy tushkunligining boshlanishi, ijtimoiy-ziddiyatlarning keskinlashuvi va iqtisodiy tushkunliklar, burjua madaniyatining tushkunligi va fanlarning yutuqlari vaqti hisoblanadi.
Rossiyadagi Oktyabr inqilobidan ikkinchi jahon urushining tugallanishigacha (1917-1945 yillar - 30 yildan kamroq) SSSRda sotsializmni g’alabasi bilan boshlangan 20-30 – yillar oralig’idagi chuqur jahon tushkunligi va o’chog’i bo’lgan Yevropa qonli ikkinchi jahon urushiga olib kelgan fashizmning tug’ilishi bilan boshlangan qisqa davr ajratiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, ITI ishlab – chiqaruvchi kuchlarning kuchli rivojlanishiga olib keldi va shu bilan bir vaqtda insoniyatni yadro urushi xavfi ostiga qo’ydi. Sotsialistik mamlakatlar hamdo’stligi shakllandi, mustamlakachilik tizimi jadal yemirildi. Yevropada integratsiya jarayoni kuchaydi. Ikki jahon tizimida qarama-qarshilik kuchaydi. Davr oxirida keskinlikni yumshash belgilari paydo bo’ldi.
I.M.Dyakonov taklif qilgan davrlashtirish ishonchliroq ko’rinadi. Qaysiki, u uch fazani ajratadi: o’rta asrlar (ming yil atrofida; Xitoyda eramizning I asridan; Yevropada eramizning III–V asrlaridan, Yaponiyada eramizning IX asridan); barqaror- absolyut o’rta asrlar, yoki “absolyut kapitalizm arafasi” (Yevropada XVI asrdan XIX asrgacha -300 yil atrofida); kapitalistik faza (XX asrning 50 yillarigacha).
Jahon sivilizatsiyalarini almashuviga siklik-genetik yondashuvdan kelib chiqqan holda o`tish davrida ikkinchi supersikl tarixini quyidagicha davrlashtirish taklif qilinadi , o`rta asrlar, industriya arafasi, industriyal sivilizatsiya.
O`tish davri: feodalizm genezisi:

  1. Ilk feodalizmga o`tish modeli O`rta Osiyo, Eron, Hindiston va Xitoyda kuzatildi. Bu yerda quldorlik munosabatlarini klassik ko`rinishi shakllanmadi, feodal munosabatlarni paydo bo`lishi asta-sekin turli shakllarda amalga oshdi. Bizning fikrimizcha, O`rta Osiyoda feodalizmga o`tish er avv I asrda boshlanib eramizning II asrida tugallangan. Bu paytda Parfiya, Kushon, Xorazm, So’g`d, Farg`ona Dovon davlatlarida yirik feodal yer egaligi shakllana boshlaydi. Bu hududlarda yirik feodallarning mustahkamlangan qasr-qo`rg`onlari shakllanib, ularda qaram dehqonlar paydo bo`ladi. Ammo erkin jamoachilarning yer egaligi bu hududlarda azaldan saqlanib qolgan.

  2. Ilk feodal sivilizatsiyaning genezisi musulmon modeli VII asrda islom dinini paydo bo`lishi bilan bog`liq. Bu yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning qator xalqlari tomonidan qabul qilinib, keng tarqaldi. VII asrda arablar Yaqin sharq, Eron, Misr, O`rta Osiyoni egalladilar. VIII asr boshlarida janubiy Italiyani, Sitsiliya, Korsika, Sardiniyani bosib oldilar. Arab istilolari natijasida ulkan musulmon davlati-xalifalik vujudga keldi.

Bu davlat sharq va g`arb madaniyatini sinteziga, shaharlarning saqlanib qolishi va yangidan rivojlanishiga, savdo-hunarmandchilikni taraqqiysiga, feodal yer munosabatlarini o`ziga xos ravishda shakllanishiga yordam berdi.
I.M.Dyakonovning fikricha, Xitoyda o`rta asrlarga o`tish II asrda kichik Xan sulolasi davrida tugallandi. Eng boy yer egalari barcha dehqon xo`jaliklarini o`z homiyliklari ostiga olib, ulardan natural to’lovlarni undirib, ular uchun davlat solig`I to`lovini amalga oshirdilar. Dehqonlar shaxsiy qaram bo`lib qoldilar va yerga biriktirilib feodal sudiga buysunishga majbur edilar.
Ilk feodalizmning birinchi bosqichi uch podsholik davrida (220-280 yillar) mamlakat hududida uch davlat (Vey-shimolda, Shu-markaziy qismda va U-janubda) shakllandi. Er avv. IV asrdan keyin o`rta asr Xitoy sivilizatsiyasi shakllandi deb aytish mumkin.
Shu vaqtdan Xitoy lokal sivilizatsiyasining gullab yashnash davri boshlanadi. Bu davrda antik jarayonlar jadallashdi. Markaziy Osiyo hududlaridan kelgan Syunnu, Sanbi, Sian, Szye, Di qabilalari markaziy tekislikda tub joy Xitoy aholisi bilan aralashib ketdilar. Bu vaqtga kelib Xitoyning ikki asosiy shevasi shakllandi. Savdo va pul muomilasi jadal rivojlandi, XIII asrda bank cheklari kiritildi. IX asrda kitob bosish kashf qilindi. Hindistonda o’rta asrga o’tish V-VIII asrlarni qamrab olgan. Qul mehnati ulushi kamaydi va bir qism qullar erkinlikka chiqdilar, lekin qaram bo’lib qoldilar. Ilgari erkin jamoachi dehqonlar endilikda feodalga qaram dehqonga aylandilar. Bir qism yerlar amaldorlarga davlat uchun ko’rsatgan xizmatlari uchun mukofot tarzida foydalanishga yoki meros qilib berildi. Jamiyatni feodallashuvida yirik yer mulklarga va bu yerlarga biriktirilgan dehqonlarga ega bo’lgan monastirlar muhim o’rin tutdilar. Hindistonning o’ziga xosligi shundaki, o’rta asrlarda toifaviy – kasta tizimi ayrim o’zgarishlar bilan saqlanib qoldi.
Vizantiya yo’li, o’tmish sivilizatsiyaning barcha asosiy unsurlarini (hunar va savdo yetakchi bo’lgan katta shaharlar) saqlab qolishga erishdi. Vizantiya jamoa yer egaligi bilan quldorlik rivojlangan madaniyatni, rivojlangan Rim huquqi bilan kuchli davlat hokimiyatini saqlab qoldi. Ammo asta – sekin ular feodal jamiyati unsurlari bilan to’ldirila boshlandi. Feodal yer egaligi, qaram dehqonlar paydo bo’ldi. Shaharlarda hunarmand savdogarlar, kema egalari, dengizchilarning uyushmalari shakllandi. Feodalizmga o’tish Vizantiyada XI asrda tugallandi.
Italiya modeli. Feodalizm genezisining Italiya modeli Vizantiyaga qaraganda vayronkor, lekin qisqaroq edi. Zaiflashgan Rim german qabilalari bosqinlari uchun asosiy nishon bo’ldi. Varvar qabilalari to’lqini butun Italiyani qamrab oldi va mahalliy aholi bilan aralashib bir qism mavjud madaniyat va iqtisodiyotni o’zlashtirib oldi.
Varvarlarni yuqori qatlamlari yirik yer egalariga aylandilar. Jangchilar esa mayda yer egalari bo’ldilar va asta – sekin o’z erkinliklarini yo’qotdilar. Shaharlar, savdo – hunar IX asrgacha tushkunlikni boshdan kechirdilar. Feodalizm IX asrda qaror topdi, lekin yagona davlat qaror topmadi. 781 yil Italiyada buyuk Karl imperiyasi alohida qirollik mavqeyini oldi, 843 yil mustaqil davlatga aylandi. Janubiy Italiya Vizantiya tarkibida qoldi. Sitsiliyada Normand qirolligi tashkil topdi. Feodalizmning fransuz yo’li Rm hukmdorligi ostida bo’lgan ba’zi mamlakatlarga xos edi, lekin jamoa urug’chilik tizimi asoslarini saqlab qolgan, shu bilan birga temir asrining ba’zi texnik yutuqlarini va antik merosning bir qismini o’zlashtirgan holda u eng tezkor bo’ldi. Qabila oqsoqollari feodalizmga (“feod” – yer, “dal” - ega), erkin jamoachilar va yer olgan jangchilar qaram dehqonlarga aylandilar. Kuchli frank davlati vujudga keldi, VIII-IX asrlarda yirik feodal mulki ustuvor edi. Feodal mulkida yerga ishlov beruvchi qaram kolonlar yoki shaxsiy qaram bo’lgan (servlar) dehqonlar mehnat qilar edilar.
Skandinav-rus yo’li qulchilik, shaharlarni bilmagan, birdaniga ibtidoiy jamoa tuzumidan feodalizm genezisiga o’tgan xalqlarda kuzatiladi. Qabila boshliqlari, harbiy boshliqlar (knyazlar, konunglar) va ularning yaqin safdoshlari bo’lgan feodal-yer egalariga sobiq erkin jamoachilar qaram dehqonlarga aylandilar. Bu progressning suratlarini ancha jadallashtirishga, Yevropaning ko’pgina xalqlarini kuchli agressiv davlatlarni yaratishlari, feodalizmning genezisini tugallashga olib keldi. Sharqiy Boltiq bo’yi xalqlari, Skandinaviya, Rus, German va Shotland qabilalari shu yo’ldan bordilar.
2 uchlik (Triada) sivilizatsiyalarni shakllanish davrida tarixiy progressning qonuniyatlaridan biri aholini harakatlanishi keskin o’sishida va davrlar oralig’ida xalqning qochishida ifodalanadi. Aholi sonini o’sishi, ilgari o’zlashtirilgan hududlarda tabiiy oziq – ovqat resurslarini tugashi yuz minglab, millionlab odamlarni, minglab kilometrlarga yaxshi yerlarni izlab, xavfli ko’chish, sayohat qilishga majbur qildi. Yangi yerlarni o’zlashtirish insoniyat tarixining ilk davrlaridan boshlangan edi. Keyinchalik er. avv. X asrda finikiyaliklar, er. avv. VIII-VI asrlarda yunon kolonizatsiyalari tarixdan ma’lum. Lekin xalqlarning buyuk ko’chishi antik davrdan o’rta asrlarga o’tish oralig’ida yuz berdi. Zaiflashayotgan Rim imperiyasi hududiga Sharqdan va Shimoldan temir asriga kirib kelayotgan gotlar, vandallar, varyaglar, daniyaliklar, Sharqdan xunlar, avarlar, vebgerlar, bolgarlar siljib, ko’chib borib joylashdilar (xalqlarni buyuk ko’chishi xaritasi). Ko’chib borayotganlar yo’lda boy shaharlarni talab, qildilar, madaniyat yodgorliklarini yo’q qildilar. Ular bosib olingan hududlarda o’rnashib qoldilar, o’zlari egallagan hududlarda uning iqtisodi va madaniyatini o’zlashtirib oldilar hamda o’z davlatlarini tuzdilar. Xunlar Markaziy Yevropada o’zlarining ulkan davlatlarini tuzdilar. Bu davlat hukmdori Atillaning xavfidan zaiflashgan Rim imperiyasi dahshatga tushdi, faqat Atillaning o’limi imperiyani halokatdan saqlab qoldi.
Antik davrning yuqori taraqqiyotiga nisbatan bu regress davri edi. Minglab shaharlar – qishloqlar, me’morchilik inshootlari vayron qilindi. Savdo – hunarmandchilik, xo’jalik hayoti inqirozga yuz tutdi. Ammo insoniyat tarixi nuqtai – nazaridan bu progress edi. Eski ijtimoiy-iqtisodiy tuzulmani yo`q qilib uning o`rniga yangisi uchun shart-sharoit yuzaga keltirildi. Bir qadam orqaga tashlanib uch qadam oldinga tashlash uchun, o`rta asrlar industriya arafasi va industrial sivilizatsiyalar tomon qadam tashlandi.
Shunday qilib feodal-kapitalistik sivilizatsiyalar triadasiga o`tish davri shakllarini har xilligi, qamrab olish kengligi, harakatning yo`nalishlarini ko`pligi bilan, hamda turli lokal sivilizatsiyalarning rivojlanish darajalarini bir necha asrlar, hatto ming yilliklar oralig`i bilan taxminan bir vaqtni o’zida navbatdagi bosqich – yer sharining aholi yashagan bepoyon qismini qamrab olgan o’rta asrlar sivilizatsiyasiga o’tdilar.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish