O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/42
Sana16.03.2022
Hajmi3,09 Mb.
#499140
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
08.12.1992

79-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 


2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish 
to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 
3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek 
davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiradi. 
(79-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-sonli 
Qonuniga 
asosan 4 va 5-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
9-moddasi

80-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, 
qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudini saylash; 
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudini saylash; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash; 
(80-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(80-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-430-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 406-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va 
Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini 
tasdiqlash; 
(80-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-284-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 159-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik 
xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
(80-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-
modda)
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining 
chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 


10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi 
hujjatlarni qabul qilish; 
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi 
masalalarni hal etish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; 
(80-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-430-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 406-modda) 
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek 
davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
9-moddasi


Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish