O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana16.03.2022
Hajmi3,09 Mb.
#499140
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
08.12.1992

Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risidagi nizomning 
12-bandi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
(93-moddaning birinchi qismi 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-
430-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 406-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 
2

3

4
va 
9-bandlari
, O‘zbekiston 
Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida” Qonuni (yangi tahriri) 63-moddasining 
birinchi qismi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va 
Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini 
tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;
(93-moddaning birinchi qismi 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-
426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 63-
moddasining 
ikkinchi qismi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini 
hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. 
Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat 
sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli; 
(93-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-
284-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 159-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 2-
moddasining 
birinchi qismi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini 
ular qonunchilik normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli; 
(93-modda birinchi qismining 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-
671-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-
son) 
 LexUZ sharhi 


Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 26-
moddasining 
ikkinchi qismi

17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z 
e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
27-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
32-moddasi

18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish 
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi 
va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
tasdig‘iga kiritadi; 
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, 
epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul 
qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga 
kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 
Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 
24-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 
26-moddasi

20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, 
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar 
beradi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 
8-
moddasi

21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, 
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 
13-moddasining 
birinchi qismi

22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni 
hal etadi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 
Qonunining 
30-moddasi

23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm 
qilingan shaxslarni afv etadi; 
 LexUZ sharhi 


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni bilan 
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
2-bandi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu 
masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi; 
(93-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-
522-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 
2-son, 47-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 
to‘g‘risida” Qonunining 
16-moddasi

25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan 
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga 
topshirishga haqli emas. 
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy 
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda) 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish