198-modda. Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud
qilish
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga
shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga
sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(198-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga
sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud
qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(198-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
1
1
1
15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
114/183
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasi, 33-moddasining ikkinchi
qismi, 34-moddasining ikkinchi qismi, 47-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi, beshinchi, sakkizinchi xatboshilari,
17-moddasining ikkinchi qismi, 21-moddasining beshinchi qismi, 32-moddasi ikkinchi qismining birinchi, beshinchi
xatboshici, “O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi” qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1994-yil 21-noyabrdagi PF-1005-sonli “Ekinlarning payhon etilishiga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi
Farmoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |