15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
85/183
b) kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;
Oldingi tahrirga qarang.
v) ko‘p miqdorda;
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo‘lsa, —
(169-moddaning uchinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuniga asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘g‘rilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-
sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 1, 2, 5, 8, 9, 11-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-
sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-
yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-
bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar
bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi, 5-bandi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik
qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi
xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini
qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: