15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
73/183
manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli
to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yollanma
shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, xuddi
shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
154 -modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari
yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy
adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(154 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy
adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(154 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan 154 -modda bilan
to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash
to‘g‘risida Xalqaro Konvensiya” (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555-I-son “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash
va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: