190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanish ko‘p
miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
(190-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(190-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165, 176 -moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, –
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
(190-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik
muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning
o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(190-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga
asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlari”ning ro‘yxati.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-
sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik
faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9 — 13 -bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |