34-modda. Tahliliy ma’lumot
Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining so‘rovlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlanadi.
Tahliliy ma’lumot Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Tahliliy ma’lumotda o‘tkazilgan o‘rganish yoki tahlil to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud to‘siqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |