O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

250-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv
qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega
bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish bo‘yicha qanday
qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab
qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi.
(251-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va
tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi.
Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni
tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu


haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan
holatlar doirasida olib boriladi.
252-modda. Hal qiluv qarorini bayon qilish
Sudning hal qiluv qarori ishni ko‘rib chiqqan sudning majlisida raislik qiluvchi tomonidan
yozma shaklda bayon etiladi va u tomonidan imzolanadi.
Sudning hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal
qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud
majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismi o‘zida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari,
sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad
qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi
kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz
qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini to‘liq yoki
qisman qanoatlantirish to‘g‘risidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi bo‘lishi, sud
xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko‘rsatilishi kerak.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish