O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

208-modda. Sud majlisi
Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning
ochiq majlisida o‘tadi.
Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
talabiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bevosita ishtirok etish og‘zaki
shaklda o‘tkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga tenglashtiriladi.
Sudning tashabbusiga ko‘ra yoki sud protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan sud
majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish zarur bo‘lgan taqdirda, shuningdek sud
majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni
va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish
huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish,


shuningdek ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud
majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(208-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
209-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish
Sudlarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati bo‘lgan taqdirda,
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar sudning
videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu haqda o‘zlari iltimosnoma berganda yoki sudning
tashabbusiga ko‘ra ishtirok etishi mumkin. Ko‘rsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa
rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, ajrimning ko‘chirma nusxasi
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga va
o‘z ko‘magida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tegishli sudga
yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok
etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi yoki joylashgan eri va turgan joyi
bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan foydalaniladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok
etishini ta’minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan
shaxslarning shaxsini aniqlaydi, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi to‘g‘risida ulardan tilxat oladi. Mazkur
tilxat u olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yish
uchun ishni ko‘rayotgan sudga yuboriladi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish