Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv
qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi hakamlik sudi hal
qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan nizo bo‘yicha
ish yuritish tugallanguniga qadar to‘xtatib turadi.
350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning
shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu
jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik
muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan
bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning
joylashgan eri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki
turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning
familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan
hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday
asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar
raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi
tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori ko‘chirma nusxasidagi
hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun taqdim
etiladigan hujjatlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat.
(350-moddaning to‘rtinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
496-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza javobgarlar soniga qarab
ko‘chirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat
tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik
muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning
vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 349-
moddasining
birinchi
va
uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda
qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ushbu Kodeksning
194-
moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: