O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni ko‘rib chiqishni tiklash



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

291-modda. Ishni ko‘rib chiqishni tiklash
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor
qilingan taqdirda, ishni mazmunan ko‘rib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan
qoidalar asosida olib boriladi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud
majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan ko‘rib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan
qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida
qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab, ariza berishga haqli emas.
292-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 
264-moddasida 
nazarda tutilgan
qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi.
3-kichik bo‘lim. Alohida tartibda ish yuritish
27-bob. Umumiy qoidalar
293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi;
2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi;
3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi;
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;
5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning
ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga
g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini
uzaytirish haqidagi;
7) voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya)
to‘g‘risidagi;
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;
9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni
tiklash (chaqirib ish yuritish) to‘g‘risidagi;
10) yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish