O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

169-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar uning shartlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikka zid bo‘lsa;
(169-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat
qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA IShLARNI YURITISh
1-kichik bo‘lim. Buyruq tartibida ish yuritish


18-bob. Sud buyrug‘i
170-modda. Sud buyrug‘iga oid umumiy qoidalar
Sud buyrug‘i nizosiz talablar bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazmasdan berilgan sud hujjatidir.
Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin
o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish
to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim.
171-modda. Sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar
Sud buyrug‘i quyidagi hollarda beriladi, agar:
1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa;
2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi
hujjatlarga asoslangan undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash bilan
yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa;
5) hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni
undirish haqida talab arz qilingan bo‘lsa;
6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida
talab arz qilingan bo‘lsa;
7) ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovlari muddatida to‘lanmaganligi sababli ushbu
to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
8) ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish
to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
(171-moddasining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-
avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining
ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa.
(171-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli 
Qonuniga 
asosan 9-
band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish