O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

45-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Oldingi
 tahrirga qarang.
403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan,
ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan
hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya
shikoyati berishi, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno, prokuror
esa ushbu Kodeksda belgilangan hollarda kassatsiya protesti keltirishi mumkin.
(403-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
404-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va apellatsiya instansiyasi sudining
ajrimi ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
(404-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma
nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya
shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki protest keltirgan prokuror
zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma
nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi
mumkin.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki
xodim bir ishdan boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash
to‘g‘risida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning
ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
1


(405-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish