O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   177
Bog'liq
kodeks

250-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi 
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul 
qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir 
bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi. 
251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun 
ahamiyatga ega bo„lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari 
aniqlanmaganligini, bu ish bo„yicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati 
qo„llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki 
lozim emasligini aniqlaydi. 
(251-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro 
etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo„shimcha masalalarni hal qiladi. 
Agar ish uchun ahamiyatga ega bo„lgan yangi holatlarni aniqlash yoki 
yangi dalillarni tekshirish zarur bo„lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul 
qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda 
sud muhokamasi faqat qo„shimcha tekshirish ehtiyoji bo„lgan holatlar doirasida 
olib boriladi. 
252-modda. Hal qiluv qarorini bayon qilish 


Sudning hal qiluv qarori ishni ko„rib chiqqan sudning majlisida raislik 
qiluvchi tomonidan yozma shaklda bayon etiladi va u tomonidan imzolanadi. 
Sudning hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ish materiallariga qo„shib 
qo„yiladi. 
253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni 
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa 
qismlaridan iborat bo„ladi. 
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul 
qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning 
familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok 
etuvchi boshqa shaxslar ko„rsatiladi. 
Hal qiluv qarorining bayon qismi o„zida da‟vogarning talabi, javobgarning 
e‟tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks 
ettirishi kerak. 
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan 
aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to„g„risidagi xulosalari asoslangan 
dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal 
qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko„rsatilishi kerak. Arz qilingan 
talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz 
qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi 
ko„rsatilishi mumkin. 
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har 
birini to„liq yoki qisman qanoatlantirish to„g„risidagi yoxud qanoatlantirishni rad 
etish haqidagi xulosasi bo„lishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori 
ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko„rsatilishi kerak. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish