221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra
kelmaganligining oqibatlari
Taraflar uzrsiz sabablarga ko„ra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar
ularning bittasidan ham ishni o„zining ishtirokisiz muhokama qilish to„g„risida
ariza tushmagan bo„lsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi.
Taraflar ikkinchi chaqiruv bo„yicha uzrsiz sabablarga ko„ra kelmasa, sud
arizani ko„rmasdan qoldirishga haqli.
Faqat da‟vogar ikkinchi chaqiruv bo„yicha uzrsiz sabablarga ko„ra kelmasa,
sud javobgarning roziligi bilan arizani ko„rmasdan qoldirishga haqli.
222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga
kelmaganligi oqibatlari
Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis,
tarjimon yo„qligida ko„rish mumkinligi to„g„risidagi fikrlarini eshitadi va sud
muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida
ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz
deb topgan sabablarga ko„ra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qo„llanilishi mumkin.
Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo„yicha sud majlisiga kelmasa, u
sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish
Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin:
1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda;
2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan so„ng prokuror yoki
advokat uning farmoyishlariga bo„ysunmaganida;
3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda;
4) o„ziga sud chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi
to„g„risida ma‟lumotlar mavjud bo„lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan
biror-biri sud majlisiga kelmaganda;
5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan
biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko„ra sud majlisiga
kelmaganda;
6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz
kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz
o„tkazilishi to„g„risida ariza kelib tushmagan bo„lsa;
7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda,
agar ularning ishtirokisiz ishni ko„rish imkoni bo„lmasa;
8) da‟vogar ishni javobgarning ishtirokisiz ko„rishga rozi bo„lmaganda;
9) qarshi da‟vo taqdim etilganda;
10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan
videkonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda;
11) qo„shimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur bo„lganda;
12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa
protsessual harakatlar amalga oshirilganda.
Sud ishni sud majlisida ko„rish imkoni bo„lmagan boshqa hollarda ham
muhokamani keyinga qoldirishi mumkin.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos bo„lgan holatlarni
bartaraf etish uchun zarur bo„lgan muddatga, sud muhokamasining ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin.
Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining
vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir bo„lgan shaxslarga imzo qo„ydirgan holda e‟lon
qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb
qilinadigan
shaxslar
keyingi sud majlisining vaqti to„g„risida ushbu
Kodeksning
16-bobida
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Keyinga qoldirilgan ishni ko„rish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq,
agar ish ushbu Kodeksning
39-moddasida
sanab o„tilgan yangi shaxslarni jalb
qilish sababli keyinga qoldirilgan bo„lsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |