95-modda. Ekspertiza
Ish muhokamasi chog„ida kelib chiqqan, fan, texnika, san‟at yoki hunar
sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki o„z tashabbusiga ko„ra
ekspertiza tayinlashi mumkin.
Ekspertiza sudda o„tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa
yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni bo„lmasa yoki keltirish
qiyin bo„lsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi.
Ekspertiza tayinlash to„g„risidagi sud ajrimida qanday masalalar bo„yicha
ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o„tkazish kimga
topshirilayotganligi ko„rsatilgan bo„lishi kerak.
Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini
inobatga oladi.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish
uchun zarur bo„lgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa
hollarda, agar ish holatlariga ko„ra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza
o„tkazish imkoniyati bo„lmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh
tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega
ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki
rad etilgan deb topishi mumkin.
96-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar
Qo„shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi
bo„shliqlar o„rnini to„ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert
(ekspertlar komissiyasi) tomonidan o„tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning
to„g„riligiga shubha tug„ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli
emas deb topilganda yoki ekspertizani o„tkazishning protsessual qoidalari jiddiy
ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga
ilgari qo„llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to„g„risidagi masala
qo„yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to„g„risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani
tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qo„shilmaganligi
sabablari keltirilishi kerak.
Qayta ekspertiza o„tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga)
topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani o„tkazgan ekspert (ekspertlar
komissiyasi) qayta ekspertiza o„tkazishda hozir bo„lishi va tushuntirishlar berishi
mumkin, lekin u tekshirishlar o„tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |