O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177
Bog'liq
kodeks

221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra 
kelmaganligining oqibatlari 
Taraflar uzrsiz sabablarga ko„ra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar 
ularning bittasidan ham ishni o„zining ishtirokisiz muhokama qilish to„g„risida 
ariza tushmagan bo„lsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. 
Taraflar ikkinchi chaqiruv bo„yicha uzrsiz sabablarga ko„ra kelmasa, sud 
arizani ko„rmasdan qoldirishga haqli. 
Faqat da‟vogar ikkinchi chaqiruv bo„yicha uzrsiz sabablarga ko„ra kelmasa, 
sud javobgarning roziligi bilan arizani ko„rmasdan qoldirishga haqli. 
222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga 
kelmaganligi oqibatlari 
Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, 
tarjimon yo„qligida ko„rish mumkinligi to„g„risidagi fikrlarini eshitadi va sud 
muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida 
ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz 
deb topgan sabablarga ko„ra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qo„llanilishi mumkin. 
Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo„yicha sud majlisiga kelmasa, u 
sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin. 
223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish 
Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin: 


1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda; 
2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan so„ng prokuror yoki 
advokat uning farmoyishlariga bo„ysunmaganida; 
3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda; 
4) o„ziga sud chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi 
to„g„risida ma‟lumotlar mavjud bo„lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan 
biror-biri sud majlisiga kelmaganda; 
5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan 
biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko„ra sud majlisiga 
kelmaganda; 
6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz 
kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz 
o„tkazilishi to„g„risida ariza kelib tushmagan bo„lsa; 
7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, 
agar ularning ishtirokisiz ishni ko„rish imkoni bo„lmasa; 
8) da‟vogar ishni javobgarning ishtirokisiz ko„rishga rozi bo„lmaganda; 
9) qarshi da‟vo taqdim etilganda; 
10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan 
videkonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda; 
11) qo„shimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur bo„lganda; 
12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa 
protsessual harakatlar amalga oshirilganda. 
Sud ishni sud majlisida ko„rish imkoni bo„lmagan boshqa hollarda ham 
muhokamani keyinga qoldirishi mumkin. 
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos bo„lgan holatlarni 
bartaraf etish uchun zarur bo„lgan muddatga, sud muhokamasining ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. 
Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining 
vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir bo„lgan shaxslarga imzo qo„ydirgan holda e‟lon 
qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb 
qilinadigan 
shaxslar 
keyingi sud majlisining vaqti to„g„risida ushbu 
Kodeksning 
16-bobida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. 


Keyinga qoldirilgan ishni ko„rish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, 
agar ish ushbu Kodeksning 
39-moddasida 
sanab o„tilgan yangi shaxslarni jalb 
qilish sababli keyinga qoldirilgan bo„lsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish