O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roq qilish



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177
Bog'liq
kodeks

203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roq qilish 
Zarur bo„lgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya 
taraflarni so„roq qilishi mumkin. 


Bunda sudya: 
1) da‟vogarni o„zi arz qilingan talablarning mohiyati bo„yicha so„roq 
qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin bo„lgan e‟tirozlarni aniqlaydi va, agar bu 
zarur bo„lsa, da‟vogarga qo„shimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi
shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning 
huquqiy oqibatlarini tushuntiradi; 
2) ishning holatlari bo„yicha javobgarni so„roq qiladi, da‟vogarning 
talabiga qarshi uning qanday e‟tirozlari borligini va bu e‟tirozlar qanday dalillar 
bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga da‟vogarning 
talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo„zg„atish huquqini tushuntiradi
alohida murakkab ishlar bo„yicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma 
tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan 
taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi 
ishni ishdagi mavjud dalillar bo„yicha ko„rish uchun to„sqinlik qilmaydi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini 
aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi. 
(203-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 
204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha 
harakatlari 
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni 
amalga oshiradi: 
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi to„g„risidagi 
masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yo„l qo„yilgan, mustaqil talablar bilan 
arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 
203-moddasiga 
muvofiq so„roq 
qiladi; 
2) ishni ko„rishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi; 
3) ishda prokurorning ishtirok etishi to„g„risidagi va sud protsessida 
ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi 
masalani hal qiladi; 
4) sherik da‟vogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning 
ishga kirishishi to„g„risidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor 
bo„lmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi; 


5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish to„g„risidagi masalani hal qiladi; 
6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab 
qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu 
dalillarni olishga doir so„rovlar beradi; 
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda
ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish to„g„risidagi masalani hal qiladi; 
8) kechiktirib bo„lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni 
xabardor qilgan holda, joyga chiqib ko„zdan kechirishni amalga oshiradi; 
9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi; 
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va 
majburiyatlarini tushuntiradi; 
11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish 
yuritishga ajratish to„g„risidagi masalani hal qiladi; 
12) da‟voni va dalillarni ta‟minlash masalasini hal qiladi; 
13) taraflarni yarashtirish choralarini ko„radi; 
14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o„tkazish to„g„risidagi 
masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida 
ishtirok etish huquqini tushuntiradi. 
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur 
protsessual harakatlarni ham amalga oshiradi. 
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo„yicha harakatlari sudya 
tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan 
rasmiylashtiriladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish