O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177
Bog'liq
kodeks

97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar 
doirasini belgilash 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak 
bo„lgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli. 
Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. 
Taklif qilingan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart. 
98-modda. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasi 
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni o„tkazib bo„lganidan keyin 
tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert 
imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. 
Sud ekspertga o„z xulosasini og„zaki tushuntirib berishni taklif qilish 
huquqiga ega. Og„zaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, 
ekspertga o„qib eshittiriladi va ekspert tomonidan imzolanadi. 
Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks 
ettirilgan bo„lishi kerak: ekspertiza o„tkazilgan sana va joy; ekspertizaning 
o„tkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud to„g„risidagi ma‟lumotlar; ekspert 
to„g„risidagi ma‟lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma‟lumoti, ixtisosligi, 
mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani 
o„tkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi ma‟lumotlar; 
ekspert bila turib yolg„on xulosa berganligi uchun jinoiy javobgarlik to„g„risida 
ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qo„yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan 
tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o„tkazilayotganda hozir bo„lgan 
shaxslar 
haqidagi 
ma‟lumotlar; qo„llanilgan usullar ko„rsatilgan holda 
tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar 
ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan bo„lsa, kim 
tomonidan o„tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo„yilgan 
savollarga berilgan asoslantirilgan javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo„lgan 
va ekspertning tashabbusiga ko„ra aniqlangan holatlar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova 
qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo„lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib 
borilishi, 
shart-sharoitlari 
va 
natijalarini 
hujjatlashtiradigan 
materiallar 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki 
boshqa korxona, muassasa, tashkilotda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan 
sudning talabiga binoan ishga qo„shib qo„yish uchun taqdim etiladi. 


(98-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki 
ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma‟lum bo„lib 
qolsa, xulosa qo„yilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini o„z ichiga 
olgan bo„lishi kerak. 
Tekshirish tugaganidan so„ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish 
materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi. 
Sudning ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qo„shilmaganligi ish 
bo„yicha chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan bo„lishi 
lozim. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish