yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy noma‟lum bo„lsa, uning mol-
mulki turgan yerdagi fuqarolik ishlari bo„yicha sudga beriladi.
355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish
uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat
tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi
taraflaridan qaysi
birining foydasiga qabul qilingan bo„lsa, o„sha taraf yoki uning vakili tomonidan
imzolanishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi arizada quyidagilar ko„rsatilgan bo„lishi kerak:
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo„yicha sudning nomi;
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi,
joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi,
otasining ismi
(nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza
vakil tomonidan berilayotgan bo„lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va
yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik
sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi talab.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi
arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta
manzili va boshqa ma‟lumotlar ko„rsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasini berish to„g„risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko„chirma nusxasi.
Doimiy faoliyat ko„rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko„chirma nusxasi
mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi,
muvaqqat hakamlik sudi
hal qiluv qarorining ko„chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial
tartibda tasdiqlangan bo„lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko„chirma nusxasi;
Oldingi
tahrirga qarang.
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari
to„langanligini tasdiqlovchi hujjat.
(355-moddaning to‘rtinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi ariza qarzdorlarning soniga qarab ko„chirma nusxalar
bilan
birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza
mustasno.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili
tomonidan berilgan bo„lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini
tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi ariza hakamlik sudining hal
qiluv qarorini ixtiyoriy
ijro etish muddati tugagan kundan e‟tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi
mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari bo„yicha sud tomonidan uzrli deb
topilgan sabablarga ko„ra o„tkazib yuborilgan taqdirda, o„tkazib yuborilgan muddat
tiklanishi mumkin.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to„g„risidagi ariza ushbu Kodeksning
354-moddasida
nazarda
tutilgan
talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan
bo„lsa, fuqarolik ishlari bo„yicha sud ushbu Kodeksning
194-moddasida
nazarda
tutilgan qoidalar bo„yicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: