O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   177
Bog'liq
kodeks

407
1
-modda. Ishni talab qilib olish 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati 
(protesti) bo„yicha ishni suddan talab qilib olishga haqli. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O„zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori va ularning o„rinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan 
prokuror va ularning o„rinbosarlari ushbu Kodeksning 
403-moddasida
 ko„rsatilgan 
shaxslarning murojaati mavjud bo„lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirish 
to„g„risidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga 
haqli. 


407
2
-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini 
(protestini) besh kundan ortiq bo„lmagan muddatda o„rganadi. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o„rganish natijalari bo„yicha sudya 
quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to„g„risida; 
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqida; 
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni 
talab qilib olish to„g„risida. 
Ushbu modda ikkinchi qismining 

va 
2-bandlarida
 ko„rsatilgan ajrimning 
ko„chirma nusxasi shikoyatga (protestga) ilova qilingan hujjatlar bilan birga 
kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga ushbu Kodeksning 
273-
moddasida
 nazarda tutilgan tartibda va muddatda yuboriladi. 
407
3
-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini 
(protestini) qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 
1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest 
keltirish) huquqiga ega bo„lmagan shaxs tomonidan berilgan bo„lsa; 
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki 
qonunchilikka muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) 
mumkin bo„lmagan yoxud apellatsiya tartibida ko„rilmagan sud hujjati ustidan 
berilgan bo„lsa; 
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko„rilgan sud hujjati 
ustidan berilgan bo„lsa; 
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o„tkazib yuborilgan va 
o„tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo„lsa. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to„g„risidagi 
ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish asoslari 
ko„rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to„langan davlat bojini qaytarish 
haqidagi masala hal etiladi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o„rinbosari tomonidan 
kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to„g„risidagi ajrim 


kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning arizasiga ko„ra bekor qilinishi 
mumkin. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to„g„risidagi 
ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjatining kassatsiya shikoyati (protesti) 
berish muddati ichida berilishi mumkin. 
Ushbu moddaning 
to„rtinchi qismida
 ko„rsatilgan muddat o„tgandan so„ng 
berilgan ariza ko„rib chiqilmaydi. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish 
to„g„risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga 
dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish