O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

359-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan
namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin.
Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar
taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo‘llaniladi.
Namunaviy shartlar namunaviy shartnoma yoki ushbu shartlarni o‘z ichiga oluvchi boshqa
hujjat shaklida ifodalanishi mumkin.
360-modda. Qo‘shilish shartnomasi
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda
ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo‘shilish yo‘li bilan qabul qilishi mumkin
bo‘lgan shartnoma qo‘shilish shartnomasi deyiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qo‘shilish shartnomasi garchi qonunchilikka zid bo‘lmasa-da, biroq qo‘shiluvchi tarafni
odatda ana shunday turdagi shartnomalar asosida beriladigan huquqlardan mahrum etsa, ikkinchi
tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa yohud unda
qo‘shilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq og‘ir bo‘lgan, bu tarafda shartnoma shartlarini belgilashda
qatnashish imkoniyati bo‘lganida u o‘zining manfaatlarini ko‘zlab qabul qilmaydigan shartlar yozib
qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan taraf shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni talab
qilishga haqli.
(360-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida o‘z
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qo‘shilgan taraf qanday
shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, shartnomaga
qo‘shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida qo‘ygan talabi
qondirilmaydi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish