O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

284-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida
garovning saqlanishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovga
qo‘yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida
yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z
kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka
bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa
shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
(284-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa, garovga
qo‘yuvchining huquqiy vorisi garovga qo‘yuvchining o‘rniga o‘tadi va uning hamma bupchlarini
bajaradi.
Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir
necha shaxsga o‘tgan bo‘lsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan
ta’minlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur mol-
mulkning o‘ziga o‘tgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi bo‘linmasa
yoki boshqa asoslarga ko‘ra huquqiy vorislarning umumiy mulki bo‘lib qolsa, ular solidar garovga
qo‘yuvchilarga aylanadilar.
285-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda olib qo‘yishning oqibatlari
Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan
belgilangan asoslar va tartibda, davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi (haqini to‘lab olish),
rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor bo‘lsa, garovga qo‘yuvchiga boshqa mol-mulk
beriladi yoki tegishli haq to‘lanadi. Bunday holda o‘rniga-o‘rin berilgan mol-mulkka garov huquqi
tadbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qo‘yuvchiga tegishi kepak bo‘lgan haq
summasidan o‘z talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garov narsasi bo‘lgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi
(ushbu Kodeksning 
228-moddasi
) asosida garovga qo‘yuvchidan qonunda belgilangan tartibda
olib qo‘yilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qo‘yilishi bekor bo‘ladi.
(285-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
va 
ikkinchi
qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi
garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish