O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Muqobil majburiyatni bajarish



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

250-modda. Muqobil majburiyatni bajarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini qilishi yoxud kreditorga bir yoki boshqa
mol-mulkni topshirishi lozim bo‘lsa, basharti qonunchilik, shartnoma yoki majburiyatning
mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida bo‘ladi.
(250-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
251-modda. Bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etadigan majburiyatni
bajarish
Agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti
qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor
majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda bajarishni talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu
talabni bajarishi shart.
252-modda. Solidar qarzdorlar majburiyati bo‘yicha kreditorning huquqlari
Qarzdorlar sherik bo‘lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni
solidar bajarishni ham, ularning har biridan alohida-alohida bajarishni ham, shu bilan birga qarzni
to‘la yoki uning bir qismini bajarishni ham talab qilishga haqli.
Solidar qarzdorlarning biridan to‘liq qanoatlanmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa
solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga ega.
Solidar qarzdorlar majburiyat to‘la bajarilgunicha burchli bo‘lib qolaveradilar.
253-modda. Solidar qarzdorlarning kreditor talablariga qarshi e’tirozlari
Qarzdor solidar bo‘lib majburiyat olgan taqdirda boshqa qarzdorlarning kreditor bilan
mazkur qarzdor qatnashmaydigan munosabatlariga asoslangan e’tirozlarni kreditorning
talablariga qarshi qo‘yishga haqli emas.
254-modda. Solidar majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan bajarilishi
Solidar majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan to‘liq bajarilishi qolgan qarzdorlarni
kreditor oldidagi majburiyatni bajarishdan ozod qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
solidar majburiyatni bajargan qarzdor o‘z ulushini chegirib tashlab, boshqa qarzdorlarga teng
ulushlarda regress talabi qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Solidar majburiyatni bajargan qarzdorga
to‘lanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng ulushlarda tushadi.


(254-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish