O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

3-bob. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
19-modda. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibi 
Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat 
ro‘yxatidan o‘tkaziladi (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazish deb yuritiladi). 
Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga belgilangan tartibda muassis tomonidan beriladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Muassisning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
arizasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib 
chiqilishi kerak. 
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik hamda qayta ro‘yxatdan 
o‘tkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda ro‘yxatdan 
o‘tkazish yig‘imi olinadi. 
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
20-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
ariza 
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada 
quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 


muassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi; 
maqsad va vazifalari; 
ixtisoslashuvi; 
tarqatilish hududi; 
davriyligi; 
moliyalashtirish manbalari; 
tahririyatning joylashgan yeri (pochta manzili) va tahririyat to‘g‘risidagi 
boshqa ma’lumotlar; 
hajmi; 
muassis va tahririyat boshqa qaysi ommaviy axborot vositalariga nisbatan 
muassis, ishonchli boshqaruvchi, noshir, tarqatuvchi ekanligi haqidagi (barcha 
affillangan shaxslarning va ulardan har birining tahririyat ustav fondidagi ulushi 
miqdorlari ko‘rsatilgan) ma’lumotlar. 
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga 
ommaviy axborot vositasining ta’sis hujjatlari ilova qilinadi. 
Agar muassis bitta shaxsdan iborat bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 
taqdim etiladigan ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
arizaga faqat tahririyat ustavi (nizomi) ilova qilinadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda veb-saytning domen nomi ko‘rsatiladi, bunda ushbu 
modda birinchi qismining oltinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan 
ma’lumotlarni taqdim etish talab qilinmaydi. 
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-
sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu moddada nazarda 
tutilganidan boshqa talablar qo‘yish taqiqlanadi. 
Ushbu 
modda 
birinchi 
qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida, 
shuningdek ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarga ommaviy 
axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda, u 
belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tishi shart. Qolgan hollarda muassis yoki 
tahririyat kiritilgan o‘zgartishlar to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni bir oy 
muddatda yozma shaklda xabardor qilishi shart. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish