O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan —
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat masalalariga doir loyihalar;
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy
davlat dasturlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan
— yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish,
shuningdek konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va
sud ishlarini yuritish bilan bog‘liq masalalarga doir loyihalar.
Loyihalar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda
boshqa davlat organlari
hamda tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishib olinadi.
Hukumatning faoliyati bilan bog‘liq loyihalar bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xulosasi olinadi.
103. Agar manfaatdor organning rahbarida loyiha yuzasidan fikr-mulohazalar
va takliflar bo‘lsa, u o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini Normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishib olish yagona elektron tizimida
asoslagan holda ko‘rsatadi hamda loyihani fikr-mulohazalar va takliflar bilan
imzolaydi.
104. Xatda asoslanmagan fikr-mulohazalar va
takliflar ishlab chiquvchi
tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Bunda asoslanmagan fikr-mulohazalar va
takliflar qabul qilinmaganligining oqibatlari uchun javobgarlik manfaatdor organning
o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini asoslab bermagan birinchi rahbari zimmasiga
yuklatiladi.
105. Qabul qilinishi loyihaning mazmuni va tuzilishini jiddiy ravishda
o‘zgartiradigan, loyihaga doir bo‘lgan fikr-mulohazalar
hamda takliflar mavjud
bo‘lgan taqdirda manfaatdor organ o‘zining loyiha variantini Normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni kelishib olish yagona elektron tizimi
orqali ishlab chiquvchiga taklif etishi mumkin.
106. Ishlab chiquvchi manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflarini
ko‘rib chiqadi, zarur hollarda, loyihaga tegishli tuzatishlar kiritadi.
107. Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari bo‘yicha
kelishmovchiliklar jadvali tuzilib, u birinchi rahbar (alohida hollarda — uning birinchi
o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ko‘rib chiqish natijalari jadvalda “qabul qilindi”, “qabul qilinmadi” tarzida aks
ettiriladi. Qabul qilinmagan fikr-mulohazalar va takliflar yuzasidan ularning qabul
qilinmaganligi asosi ko‘rsatiladi.
108. Kelishmovchiliklar jadvali loyiha bilan
birgalikda normativ-huquqiy
hujjatni qabul qiluvchi organga belgilangan tartibda kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: