O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Loyihaning matniga va tuzilishiga doir talablar



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

2-bob. Loyihaning matniga va tuzilishiga doir talablar 
1-§. Umumiy qoidalar 
3. Loyihaning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo‘lishi kerak. 
Loyihaning matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. 
Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, 
umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq 
tuziladi. 
4. Loyihaning matni quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: 
jumlalarning soddaligi va qisqaligi; 
ta’rifning aniqligi; 
bayon etishning tizimliligi va ketma-ketligi. 


5. Loyihada, shuningdek unga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarda 
quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: 
og‘zaki nutq shakllari; 
davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar mavjud bo‘lgan taqdirda, chet 
tillari atamalari; 
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy 
taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar; 
abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura va 
qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning 
qisqartirilgan nomlari mustasno). 
6. Loyihada qonunchilikda mavjud bo‘lmagan tushuncha va atamalar, 
shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilganda ularning 
ta’riflari beriladi. Qonunchilik amaliyotiga muvofiq umum qo‘llaniladigan 
tushunchalarga ta’rif berish talab etilmaydi. 
7. Tushunchaning yoki atamaning ta’rifi uning mazmunini to‘liq ochib berishi 
kerak. Tushunchani yoki atamani aynan shu tushunchaning o‘zi va atama orqali, 
shuningdek o‘zi ta’riflanishi lozim bo‘lgan boshqa tushuncha va atamalar orqali 
ta’riflashga yo‘l qo‘yilmaydi. 
8. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan uch va undan ortiq tushunchaga ta’rif 
berish zarurati bo‘lganda, ular alohida band (modda)da ko‘rsatiladi va loyiha 
matnining boshida keltiriladi. 
9. So‘z birikmalari bir necha marta qo‘llanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi 
tarkibiy birlikda (moddada, qismda, bandda, kichik bandda, xatboshida) qo‘llanilgan 
bo‘lsa, o‘sha tarkibiy birlikda to‘liq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning 
loyihaning keyingi qoidalarida qo‘llaniladigan qisqartirilgan ta’rifi qavs ichida bosh 
kelishikda ko‘rsatiladi. 
10. Loyihada, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatilgan huquqiy normalar qayta takrorlanmaydi. 
Zarur bo‘lganda, loyihada yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-
huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga havola 
qilingan holda aks ettiriladi. 
11. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalar huquqiy normalarning 
o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish zarurati bo‘lgan hollardagina yoki takrorlashlarga yo‘l 
qo‘ymaslik uchungina loyiha matniga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi. Havolalar aniq 
bo‘lishi va muayyan normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qoidalarini ko‘rsatishi 
kerak. 
Har bir havola loyiha bo‘yicha tayyorlanayotgan tushuntirish xatida normativ-
huquqiy hujjatning rekvizitlari, uning havola qilinayotgan tarkibiy birligi ko‘rsatilgan 
holda asoslantirilishi kerak. 
Loyihada pastroq yuridik kuchga ega bo‘lgan aniq normativ-huquqiy 
hujjatlarga, davlat organlarining bayonnomalariga, topshiriqlariga va xatlariga havola 
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
12. Qonun loyihasida (qonunda) qonun hujjatlariga havola qilish zarurati 
bo‘lganda ketma-ketlik tartibida qonun hujjatining turi va nomi ko‘rsatiladi. Bunda 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori bo‘yicha uni qabul qilish 
sanasi va raqami ham ko‘rsatiladi. 
13. Moddaning (bandning) matnini shu normativ-huquqiy hujjatning boshqa 
moddalarida (bandlarida) takror bayon qilishga, shuningdek idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlarga boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni 
nazarda tutuvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
14. Loyihaning tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining mantiqan 
rivojlanib borishi va yoritilishini ta’minlashi kerak. 
15. Hajmiga ko‘ra qonunosti hujjatining loyihasi pasayib boruvchi quyidagi 
tarkibiy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, 
kichik bandlar va xatboshilar. 
Qonun loyihalarining bo‘linishi mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
16. Loyihaning bo‘limlari rim raqamlari, kichik bo‘limlari va boblari esa arab 
raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan 
belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. 
Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflarning belgisi va nomi bosh harf 
bilan, “yarim qora” shriftda, matn markaziga to‘g‘rilangan holda, qo‘shtirnoqlarsiz, 
qatorlar o‘rtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz, bitta qatorda raqami ko‘rsatilib, 
ketidan nuqta qo‘yilgan holda yoziladi. 
17. Quyidagi tarkibiy birlikning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: 
agar loyihada boblar bo‘lmasa, “bo‘lim” birligining; 
agar loyihada bo‘limlar bo‘lmasa, “kichik bo‘lim” birligining; 
agar loyihada bandlar bo‘lmasa, “kichik band” va “xatboshi” birliklarining. 
18. Har bir ishlab chiqiladigan loyiha nomga ega bo‘lishi kerak. Nom qisqa, 
tushunarli ifodalanishi va uning asosiy huquqiy tartibga solish predmetini aks ettirishi 
zarur. 
19. Loyiha uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat 
bo‘lgan, loyihaning boshlanishida joylashtiriladigan muqaddimaga ega bo‘lishi 
mumkin. 
Normativ-huquqiy hujjatning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy 
rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin. 
Muqaddima: 
mustaqil normativ ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmasligi; 
moddalar va bandlarga bo‘linmasligi; 
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topilishi, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalarga ega bo‘lmasligi; 
loyihada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini o‘z ichiga 
olmasligi; 
raqamlanmasligi kerak. 
20. Loyihaning muqaddimasida (idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun 
majburiy) loyihaning qabul qilinishi uchun asos bo‘lgan yoki ijrosi ta’minlanayotgan 
qonunchilik hujjatlari ko‘rsatilishi mumkin. 


21. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida nuqta qo‘yilgan holda 
raqamlanib, moddalar va bandlar tarzida bayon qilinadi, shuningdek sarlavhalarga ega 
bo‘lmaydi, bundan moddalar mustasno. 
Huquqiy normalarni ikkilangan (qo‘shaloq) tarzda raqamlashga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
22. Har bir modda va band, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani o‘z ichiga 
olishi hamda to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak. 
Loyihaning qaror qismiga eng muhim bo‘lgan huquqiy normalar kiritiladi, 
bundan qonun loyihalari mustasno. 
23. Bandlar kichik bandlar yoki xatboshilarga bo‘linishi mumkin. 
24. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan yopiladigan kichik harflar bilan 
belgilanadi. Harflar alifbo bo‘yicha ketma-ketlikda bayon qilinishi kerak. 
25. Kichik bandlar faqat xatboshilarga bo‘linishi mumkin. Xatboshilar 
boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
26. Loyihaga talablar, ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, 
sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiya 
xususiyatiga ega hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy 
tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin. 
27. Agar loyihaning qaror qismidagi bandlari (kichik bandlari, xatboshilari) 
bilan, qonun loyihalarida esa moddalar (qismlar, bandlar, kichik bandlar, xatboshilar) 
bilan hujjatlarni tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjatning 
tegishli tarkibiy birligi va u tomonidan tasdiqlanadigan hujjatning nomi bir-biriga mos 
ravishda bayon etilishi kerak. 
28. Bo‘limlardan iborat bo‘lgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan 
bandlarga ega bo‘ladi. Bo‘lim rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga va 
nomga ega bo‘ladi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish