modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash va yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
modda.
Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda
— O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
modda.
Ushbu Qonunning O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda
— O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 215-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2031-moddalariga qarang.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh., 1991-yil 18-noyabr,
407-XII-son
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
(Rangli tasviri)
Oldi tomoni
Orqa tomoni
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (Sxematik tasviri)
Old tomoni
Orqa tomoni
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 51-son, 484-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
https://www.lex.uz/ru/docs/-100122
05.04.2021, 12:29
Стр. из 9
Do'stlaringiz bilan baham: |