113-modda. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarining turlari
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo‘yicha ochiladi:
budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari.
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |