O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi



Download 270,63 Kb.
bet77/161
Sana31.12.2021
Hajmi270,63 Kb.
#215670
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
Bog'liq
BUDJET KODEKSI

91-modda. Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi

Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish:

tumanlar va shaharlar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan.



(91-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning Davlat budjeti loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Budjet so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet so‘rovlari olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:

budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo‘lgan, budjet daromadlarining tegishli o‘sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to‘g‘risida.

Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet so‘rovlarini taqdim etishi shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasi birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi, 85, 90, 92, 190-moddalari.


Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish