O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish



Download 270,63 Kb.
bet156/161
Sana31.12.2021
Hajmi270,63 Kb.
#215670
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Bog'liq
BUDJET KODEKSI

184-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi:

rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;

tekshirish o‘tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;

davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish uchun asos;

davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o‘tkazish davri;

davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

moliyaviy nazorat obyektining to‘liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun mas’ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta ko‘rsatilgan holda;

moliyaviy nazorat obyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari;

oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar;

davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o‘tkazish uchun moliyaviy nazorat obyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy ma’lumotlar;

taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonun hujjatlari ko‘rsatilgan holda.

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o‘tkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so‘roviga ko‘ra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi lozim.

Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonun hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki moliyaviy nazorat obyekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov materiallaridan ma’lumotlarni va moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxslari tergov organlariga bergan ko‘rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat obyektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.

Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat obyektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi.

Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo‘lmagan taqdirda, hujjatni o‘z e’tirozlari bilan imzolaydi hamda o‘n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.

Moliyaviy nazorat obyekti tomonidan e’tirozlar o‘n kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat moliyaviy nazorat obyekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Moliyaviy nazorat obyekti sudga murojaat etgan taqdirda, o‘zining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o‘n kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat obyektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi bo‘yicha amalga oshirilishini to‘xtatib turadi.

Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.


Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish