O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari



Download 270,63 Kb.
bet104/161
Sana31.12.2021
Hajmi270,63 Kb.
#215670
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161
Bog'liq
BUDJET KODEKSI

119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari

Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan;

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;



(119-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)

ushbu Kodeksning 120-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lardan.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining erkin qoldiq mablag‘lari ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining (davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.



(119-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi — uchinchi hisobot choraklari uchun haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.

Quyi turuvchi budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori turuvchi budjetda markazlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari quyidagilardir:

yil boshidagi holatga ko‘ra davlat maqsadli jamg‘armalarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larning yil boshiga tasdiqlangan mablag‘lar miqdoridan ortiq bo‘lgan qoldiqlari;

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari prognozining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi;

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida ularning xarajatlari iqtisod qilinishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar.

 LexUZ sharhi

Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi, 28-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi.


Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish