111-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlari
Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, unga budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur budjetlarning xarajatlari to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |