IV bo‘lim.
Budjet tizimi budjetlarining daromadlari
9-bob. Davlat budjeti daromadlari
50-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish
Davlat budjeti daromadlari:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 51 va 52-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018-yildagi “Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashning hamda davlat budjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |