O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

90-modda. O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi
O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb
yuritiladi):
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozlarini;
soliq va budjet siyosatining o‘rta muddatli davr uchun asosiy yo‘nalishlarini;
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlarining
soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan o‘rta muddatli davr uchun prognozlarini;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari daromadlari prognozini va ular asosida
kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‘ljallarni;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi
ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‘ljallarni;
Davlat budjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlilini o‘z ichiga oladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
tomonidan — har yili 15-aprelga qadar o‘rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1-mayga qadar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul
qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida o‘rta muddatli davrda amalga oshiriladigan,
shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar ro‘yxati hisobga olingan holda zarur bo‘lgan
mablag‘lar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital
qo‘yilmalar to‘g‘risidagi dastlabki takliflar;


davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili 1-mayga qadar
navbatdagi o‘rta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar prognozlari
va xarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat
dasturlari asosida kelgusi o‘rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati
kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston
Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki
miqdorlari bo‘yicha takliflar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
tomonidan — har yili 1-mayga qadar daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda
obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar)
dastlabki miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan
budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15-mayga qadar amaldagi soliq-budjet
siyosatidan kelib chiqqan holda o‘rta muddatli davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona
tushumlarining prognozlari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
taqdim etiladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelgusidagi o‘rta
muddatli davr uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan,
shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlariga obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital
qo‘yilmalarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.
Fiskal strategiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
(90-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish