O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

23-modda. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari
Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar
guruhlarini o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq
yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);
(23-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi
O‘RQ-488-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-
son)
to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar budjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.
24-modda. Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi


Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar bo‘yicha
guruhlashdan iborat bo‘ladi.
4-bob. Budjet sohasidagi vakolatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun
loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va
budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli
xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;
o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim
etadi;
(25-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi
O‘RQ-666-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-
son)
ushbu Kodeksning 
145 
va 
149-moddalarida 
nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan
foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika
budjetidan 
ajratiladigan 
mablag‘lar 
doirasida 
ikkinchi 
darajali 
budjet 
mablag‘larini
taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish