135-modda. Subvensiyalar Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.
(135-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(135-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son) Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 134-moddasining birinchi qismi, 137-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaning 59-bandi. 136-modda. O‘tkazib beriladigan daromadlar Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi budjetga o‘tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‘lsa, o‘sha ma’muriy-hududiy birlik budjetiga o‘tkazib berilishi mumkin.
O‘tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga — Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(136-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda tasdiqlanadi.
(136-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan tumanlar va shaharlar budjetlariga tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi budjetga tushishi lozim bo‘lgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
O‘tkazib beriladigan daromadlarni o‘tkazish ular bo‘yicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 12.05.2010-yildagi 2102-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 12.05.2010-yildigi 27-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yuqori budjetdan quyi budjetlarga o‘tkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi to‘g‘risida nizom.