O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari



Download 198,62 Kb.
bet20/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqadi;
davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga Davlat budjetining daromadlari prognozini har chorakda yetkazadi;
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo‘yicha yagona uslubiy qo‘llanmalar to‘plamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’qullash uchun kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjetlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar yuboradi;
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;
(29-modda birinchi qismining ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
budjet tizimi budjetlarining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;
Davlat budjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
budjet ssudalarini beradi;
davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqaradi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjet tizimi budjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
(29-moddaning birinchi qismi yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi;
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallari, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi;
(29-modda birinchi qismining o‘ttiz ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 30 va 31-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017-yildagi 870-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom.

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish